Bu bankdan men 3 yildan beri foydalanaman. Aynan shu filiali juda sifatli ish bajaradi. Shuning uchun juda mijozlar ko’p. Lekin parkovka muammosini hal qilishsa bo’lardi. Mashinani 300-400 metr nariga joylashtirib keyin kelishni maslahat beraman. Chunki juda mahalla ichida bazan odam yurgani joy yo’q. Yol chetlarida ham mashina va yol ortasida ham tinimsiz qatnov. Bundan tashqari, valyuta maydalash bir qarasang elektron navbatli, bir qarasang jonli navbat. Lekin juda yaxshi bexato ish qilishadi.
Shaxsan o’zim 39- oilaviya poliklinikadan foydalanaman. Lekin kech bolgani uchun va xaritada 39- poliklinika yopiq bolgani uchun ukol olish uchun bordim. Ro’yxatga oluvchi qiz hatto yuzimga qarab otirmasdan, “yo’q bizaga mumkin emas. Boshqa joyga boring” dedi. Hatto nima bo’lyabdi deb ham o’tirmadi. Oldin han 1 marta bu yerga kelganman. Tanishimni ko’rish uchun. U sharoitlari yaxshi deb aytgan edi. Balkim
Shundaydir. Shunchaki menga yordam bermagani yoqmadi. Nima qilishim kerak. Men ham yurishga qobiliyatim bo’la turib tez yordam chaqiraymi. Ba’zilar shunday qiladi. U tez yordam mashinasi boshqa odamlarga kerak bo’lishi mumkin. Xullas betobligimda battar asabimni buzdi royxatga oluvchi qiz.
Savdo markazida hojatxona pullik.
Next, Samarqand Darvoza, va boshqa joylarda juda toza xojatxonalar bor. Lekin bu yerda nega pullik hayronman. Kichkina joy emasku. Juda koplab dokonlar bor.
Sushi uchun alohida 5 baho lekin atmosfera umuman yoqmadi. Tirmizak bollar va qizlar kirib jamoat axloqiga to’g’ri kelmidigan ishlar qilib o’tiribdi. Xodimlarga farqi yo’q. ayolimni olib kirgandim. Afsus qildim.